icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

26.02.2019

26 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkiya Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Oʻzaro savdo hajmi yuqori surʼat bilan ortmoqda: 2018-yil yakunlariga koʻra tovar ayirboshlash 40 foizga oshdi. Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida investitsiya va innovatsiyalar, energetika, qishloq xoʻjaligi, infratuzilmani modernizatsiya qilish, turizm va boshqa sohalarda yirik qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda Turkiya investitsiyalari ishtirokida 655 qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda, shundan 270 tasi oʻtgan yili tashkil etildi.

Madaniy-gumanitar almashinuv kengayib bormoqda, turizm sohasidagi hamkorlik faol rivojlanmoqda. Keyingi bir yilda mamlakatimizga tashrif buyurgan turkiyalik sayyohlar soni 2 barobar koʻpaydi.

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni keng miqyosda amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.

Muloqot soʻngida Prezidentlar Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladil

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo