icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev “Mirzachoʻl teks” korxonasini borib koʻrdi

30.01.2019

Ushbu korxona faoliyati uch bosqichli loyiha asosida yoʻlga qoʻyiladi. Birinchi bosqich 2018-yil dekabrda ishga tushirilgan. Xitoy va Turkiyadan 100 dona tikuv dastgohi olib kelib oʻrnatilgan. Yetmishdan ziyod xotin-qiz ish bilan taʼminlangan.

Loyihaning ikkinchi bosqichida 240 ish oʻrniga moʻljallangan jinsi mato toʻqish yoʻlga qoʻyiladi. Uchinchi bosqichda ip-kalava yigiruv amaliyoti ishga tushadi. 2021-yilgacha korxona toʻliq quvvat bilan ishlashi koʻzda tutilgan. Bu tumanda 800 ga yaqin ish oʻrni yaratish imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyatini rivojlantirishga doir muhim koʻrsatmalar berdi. Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga doimiy eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.

Shu yerning oʻzida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyiha taqdimoti boʻlib oʻtdi. Xususan, mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasi, Fransiya va Belarus Respublikalaridagi elchixonalarimiz tomonidan viloyatga jalb qilingan investitsiyalar taqdimoti, shuningdek, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Xitoy kabi davlatlardan kelgan investorlar oʻz loyihalarini davlatimiz rahbari eʼtiboriga havola qildi.

Taqdimotga koʻra, rossiyalik investorlar yoritish uskunalari, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, fransiyalik ishbilarmonlar esa arxitektura oynalarini ishlab chiqarish, mevani qayta ishlashga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Fransiyaga anor, qovun, qizilmiya ildizini eksport qilish rejalashtirilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo