icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yangi muassasalar – xalq xizmatida

30.01.2019

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirzachoʻl tumanidagi “Binafsha” davlat maktabgacha taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

“Obod qishloq” dasturi asosida kapital taʼmirlangan mazkur bogʻchada bolalarning rivojlanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Muassasa 280 oʻringa moʻljallangan. Mashgʻulot xonalari bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha ilgʻor metodikalar asosida, zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan. Sport va oʻyin maydonchalari qurilgan. Turli interfaol oʻyinlar, buyumlar va oʻyinchoqlar bolalarning aqlini charxlashga yoʻnaltirilgan.

Maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish, farzandlarimizga yaxshi tarbiya berish doimiy eʼtiborimizda boʻladi. Bogʻchaga borgan bolaning sogʻligʻi mustahkam, dunyoqarashi keng, oʻziga ishonchi yuqori boʻladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, davlat va xususiy bogʻchalar tashkil etish orqali bolalar qamrovini koʻpaytirish, shu bilan birga taʼlim-tarbiya sifatini oshirish zarurligini taʼkidladi.

Davlatimiz rahbari Mirzachoʻl tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasini ham koʻzdan kechirdi.

Poliklinika binosi “Obod qishloq” dasturi asosida zamonaviy qilib qurilgan. Terapevt, pediatr, jarroh, stomatolog, oftolmolog, travmatolog, nevropotolog, psixiatr kabi mutaxassislar zarur diagnostika apparatlari va asbob-uskunalar bilan taʼminlangan.

250 qatnovga moʻljallangan muassasada aholiga qulaylik yaratish maqsadida elektron roʻyxatga olish tizimi joriy qilingan. Ayollar maslahatxonasi, kunduzgi statsionar, ijtimoiy dorixona tashkil etilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo