icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Mirzachoʻl obod boʻlmoqda

30.01.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzachoʻl tumani Gʻalaba mahallasida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirdi.

Choʻl hududda joylashgan bu tuman uzoq yillar eʼtibordan chetda qolib ketgan edi. Infratuzilma obyektlari eskirib, maishiy qiyinchiliklar yuzaga kelgandi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Obod qishloq” dasturi qabul qilingach, koʻplab hududlar singari Gʻalaba mahallasi ham tom maʼnoda obod boʻldi. Yangi uy-joylar, ijtimoiy obyektlar qurildi, yoʻl boʻylari va maydonlar obodonlashtirildi. Bugun bu joylar yangi qiyofa kasb etgan.

Shavkat Mirziyoyev shu mahalladagi “Mirzachoʻl tikuvchilik majmuasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Sobiq paxta tozalash korxonasining boʻsh turgan binosida 3 milliard soʻmlik qurilish, taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilgani natijasida yangi ishxona paydo boʻldi. Bu yerda zamonaviy uylarga koʻchib oʻtgan oilalardagi uy bekalari va kollejlarni bitirgan qizlar “Tadbirkor ayol” ushmasi koʻmagida tikuvchilik kasbiga qayta tayyorlanib, ish bilan taʼminlandi. Korxona yiliga 8 milliard soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Hozirda jamoa “Oʻzpaxtasanoat” tizimidagi va boshqa korxonalarga shartnoma asosida maxsus kiyimlar tikib berayotir. Jinsi matosidan erkaklar va ayollar uchun kiyim-kechaklar ham tikilmoqda.

– Mirzachoʻlni obod qilish boʻyicha ishlarni bundan keyin ham davom ettiramiz. Maqsadimiz odamlarni rozi qilish, ularga munosib turmush sharoiti yaratish, dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz mazkur mahallaning Barakat koʻchasida yashovchi Maqsud Misirov xonadonida ham boʻldi. Xonadon egalari mirzachoʻlliklarning obod joylarda yashashi va ishlashi uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo