icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qoʻshma korxona faoliyati kengayadi

30.01.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev Forish tumanidagi “Mega Invest Industrial” qoʻshma korxonasini borib koʻrdi.

2017-yil dekabrda faoliyat boshlagan korxonada bazalt toshi qayta ishlanib, bazalt tolasi va armaturasi ishlab chiqariladi. Ayni paytda loyihaning birinchi va ikkinchi bosqichlari ishga tushirilgan. Buning uchun Buyuk Britaniyaning “Leigh Borrier” kompaniyasining 11 million dollar investitsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy bankining 26 million dollar kredit mablagʻi yoʻnaltirilgan. Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Turkiya kabi davlatlardan nou-xau texnologiyalar keltirib oʻrnatilgan. 225 kishining bandligi taʼminlangan.

2018 yilda bu yerda ming tonna bazalt armaturasi va setkalar ishlab chiqarildi. Yaqin vaqtlarda uchinchi bosqichni ham ishga tushirish moʻljallangan. Korxona toʻliq quvvat bilan ishlagach bir yilda 4 ming tonna bazalt tolasi va 4 ming 800 tonna armatura tayyorlanadi.

Bazalt armaturasining afzalligi shundaki, u metall armaturasidan 8 barobar yengil, 3 barobar mustahkam, 30 foiz arzon. Qolaversa, zanglamaydi, elektr tokini oʻtkazmaydi, 100 yilgacha oʻz xususiyatini yoʻqotmaydi. Mazkur korxona Oʻrta Osiyoda yagonaligi, MDH davlatlarida ikkinchi ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Davlatimiz rahbari korxonadagi ish jarayonini koʻzdan kechirdi. Faoliyatni yanada kengaytirib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulotlar tannarxini kamaytirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo