
Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi
30.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, har yili Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana - 30-yanvar kunini keng nishonlash belgilangan.
Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqand shahriga ham tashrif buyurib, Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida ishtirok etadi.