icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
She’riyatga oshno bo‘lgan aslo kam bo‘lmaydi

03.02.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘idagi Shoirlar xiyobonida bir guruh adiblar bilan uchrashdi. 

Mustaqillik yillarida yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasalarini badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy adabiyotlar bilan ta’minlashni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilayotir. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim qadam bo‘ldi.  

Uchrashuvda bu maskanni yanada obod qilish, odamlarning, ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga oshno qilish, mashhur adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ularni bu dargohga muntazam ravishda jalb etish haqida so‘z bordi. 

Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Alisher Navoiy asarlari o‘zbek adabiy tili va milliy adabiyotimiz rivojining asosini belgilab beribgina qolmay, xalqimiz ma’naviy olamining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hazrat Navoiy merosini o‘rganish har bir insonni ilhomlantirib, aqlini teran, fikrini tiniqlashtiradi, tafakkurini yuksaltiradi. 

Shoirlar xiyoboni shunday maskan bo‘lishi kerakki, shoirlarimizning she’rlari bu yerda muntazam jaranglab turishi zarur, dedi Prezidentimiz.      

Mamlakatimizdagi barcha madaniy muassasalarda she’rxonlik kechalari o‘tkazish, yoshlarning bunday uchrashuvlarda faol ishtirokini ta’minlash maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi. 

She’riyatga oshno bo‘lgan inson aslo kam bo‘lmaydi, dedi davlatimiz rahbari. 

Uchrashuvda shoir va yozuvchilar ijod ahliga, kitob mutolaasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo