Prezident Hindistonga joʻnab ketdi
17.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan “Joʻshqin Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun 17-yanvar kuni Hindistonning Ahmadobod shahriga joʻnab ketdi.
Hindistonda davlatimiz rahbarining tashrifiga katta qiziqish bilan qaralmoqda. Rasmiy doira vakillari ham, ommaviy axborot vositalari ham buni alohida taʼkidlashmoqda. Xususan 1,5 million tirajda chiqadigan “The Hindu” gazetasida “Oʻzbekiston Prezidenti sammitning bosh mehmoni boʻladi” nomli tahliliy maqola chop etildi.
“Joʻshqin Gujarat” sammiti Gujarat shtatining yana bir shahri – Gandinagarda boʻlib oʻtadi.