icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentimiz poytaxtimizda bunyod etilayotgan zamonaviy muz saroyi qurilishi bilan tanishdi

03.02.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni Toshkent shahrining Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari kesishuvidagi hududda barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli sport kompleksi qurilishini ko‘zdan kechirdi. 

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazish, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘sini yanada yuksaltirishning muhim omillaridan biri bo‘lgan sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Davlatimiz rahbarining tashabbusi asosida qurilayotgan "Humo" sport kompleksi dizaynida zamonaviy qurilish yechimlari va ilg‘or texnologiyalar milliy madaniyat elementlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Kompleksning binolari ko‘kda parvoz etayotgan baxt va hurlik ramzi – Humo qushi shaklida barpo etiladi. 

Inshoot ikki majmuadan iborat bo‘lib, undan 60x30 metr o‘lchamdagi asosiy va mashq muz arenalari joy oladi. Umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil etadigan inshoot to‘rt qavatdan iborat bo‘ladi. 

Mobil o‘rindiqlarga ega bo‘lgan saroy sport musobaqalari o‘tkazish zali sifatida 14 ming, konsert zali sifatida 10 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Asosiy binoda 300 o‘rinli mashq arenasi ham loyihalashtirilgan. 

Arenada xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo‘yicha musobaqalar bilan bir qatorda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa sport turlari bo‘yicha ham bellashuvlarni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari majmua umumxalq bayramlari, konsertlar, ko‘rgazma va forumlar tashkil etish uchun barcha sharoitga ega bo‘ladi. 

Majmua hududida umumiy bosh reja konsepsiyasiga asosan sport muzeyi, bolalar uchun yopiq maydon, trenajer zallar, fitnes markazi, zamonaviy ovqatlanish shoxobchalari, sport anjomlari do‘koni va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi. 

Majmuaning muhandislik tarmoqlari, yong‘in o‘chirish tizimi, yoritish, ventilatsiya, issiqlik manbai, konditsionerlash tizimlari to‘liq avtomatlashgan bo‘lib, tejamkor texnologiyalar qo‘llangan holda loyihalangan. 

Bundan tashqari bino yonida avtomobillar uchun mo‘ljallangan to‘rt qavatli avtoturargoh qurilishi rejalashtirilgan. 

Obyektni 2018-yilda ishga tushirish mo‘ljallanmoqda. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bunday zamonaviy sport inshootlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi, mutasaddi rahbarlarga qurilish jarayonini yuqori sifatda amalga oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo