icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan

11.01.2019

Samarqand shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yurtimiz ravnaqi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan Samarqand ahliga chuqur hurmatini bildirib, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, xalqimiz hayotini yaxshilash boʻyicha viloyatda ham koʻp ishlar qilinayotganini taʼkidladi.

Jumladan, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida yigirma toʻqqizta qishloq, toʻrtta mahallada qariyb 200 milliard soʻmlik qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Oʻtgan yili 1 ming 500 kvartirali 36 ta koʻp qavatli uy, 2 ming 349 ta arzon uy-joy barpo etilib, egalariga topshirilgan. Oltmishga yaqin davlat bolalar bogʻchasi qurilib, 356 ta xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etilgan. Sogʻliqni saqlash, ayollarni qoʻllab-quvvatlash, kommunal tarmoqlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha ham aniq manzilli ishlar bajarilgan.

Davlatimiz rahbari Germaniyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatib, Samarqandda “raqamli iqtisodiyot” uchun kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatma berdi.

Ayni paytda Prezidentimiz viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiyalar jalb etishni faollashtirish boʻyicha galdagi vazifalarni koʻrsatib oʻtmoqda. Sessiyada Samarqand viloyatiga hokim tasdiqlanishi kutilmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo