icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: 2019 yil turizm rivojida tub burilish yili boʻladi

09.01.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqda 8-yanvar kuni investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari, jumladan, Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy kompleksiga oid vazifalarga ham toʻxtalib, turizm sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.

– Turizm uchun bosqichma-bosqich hamma sharoitlarni yaratyapmiz, investorlarga, ishbilarmonlarga keng imkoniyatlar beryapmiz. 2019-yil turizm rivojida tub burilish yili boʻladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida ham bu soha rivoji boʻyicha takliflar bildirgan edi. Ushbu takliflarni amalda tatbiq etish maqsadida Prezidentning joriy yil 5 yanvardagi farmoniga muvofiq 2019-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, oʻsha kuni imzolangan Prezident qarori bilan mehmonxonalar tashkil etish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyxati qabul qilindi.

Maʼlumot uchun, 2017-yilda Oʻzbekistonga qariyb 2 million 700 ming, 2018-yilda 5 million 300 mingdan ortiq turist kelgan. 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 millionga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo