icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi boshlandi

28.12.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz parlamentiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etmoqda.

Davlatimiz rahbari oʻz soʻzining avvalida oʻtayotgan yilda amalga oshirilgan ishlarga toʻxtaldi.

– Buyuk yurtdoshimiz Imom Buxoriy hazratlari oʻz kitobida keltirgan “Barcha ezgu amallar niyatga bogʻliq, har bir kishiga, faqat niyat qilgan narsasi beriladi” degan hadisda, albatta juda chuqur maʼno bor. Biz 2018-yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” deb nom berib, Davlat dasturi doirasida, 21 trillion soʻm va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirganimiz, oʻtgan yili yaxshi niyat bilan boshlagan ishlarimiz natijasini koʻrsatib turibdi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Aholining real umumiy daromadlari 2017-yilga nisbatan 12 foizga oshgani qayd etildi. Soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan hududlarda 5,5 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ qoldirilgani, bu oʻtgan yilga nisbatan 6 barobar, 2016-yilga nisbatan esa 32 barobar koʻp boʻlganiga eʼtibor qaratildi.

“Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirilgan. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari natijasida 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega boʻlgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabr kuni mamlakatimiz tarixida birinchi marta Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etgan edi. Bu yilgi Murojaatnomada ham tugayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yilga moʻljallangan rejalar, davlatimiz ichki va tashqi siyosatidagi asosiy tamoyillar bayon etilgani bilan barchada katta qiziqish uygʻotmoqda.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo