icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Toshkent shahriga hokim tayinlandi

21.12.2018

Xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida tashkiliy masala koʻrildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxoʻjayev nomzodini shahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

- Toshkent mamlakatimiz uchun qanchalik muhimligini hammangiz yaxshi bilasiz. Bu yerga rahbar qoʻyish ham osonmas. Shuni inobatga olib, Jahongir Ortiqxoʻjayevni hokim vazifasini bajaruvchi sifatida 8 oydan buyon sinadik. Toʻgʻrisini aytish kerak, u shaharga kelib, muhitni oʻzgartirishga erishdi. Hokimlikning obroʻsini oshirdi, tadbirkorlarni oʻziga ergashtira oldi. Jahongir Ortiqxoʻjayev Toshkent shahrining sharoitini, uning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini, bu yerdagi odamlarni va faollarni yaqindan biladi. Eng asosiysi, qanday qilib odamlar uchun ish joyi tashkil etishni yaxshi biladi, - dedi davlatimiz rahbari.

Xalq deputatlari Jahongir Ortiqxoʻjayev nomzodini qoʻllab-quvvatladi. Soʻzga chiqqanlar yangi hokim va uning barcha oʻrinbosarlari, barcha faollar bir musht boʻlib, poytaxtimizni jadal rivojlantirish boʻyicha bugun belgilab berilgan vazifalarni bajarish yoʻlida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishini taʼkidladilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo