icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Toshkent metallurgiya zavodi" qurilishi bilan tanishdi

03.02.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Sergeli tumanida bunyod etiladigan «Toshkent metallurgiya zavodi» xorijiy korxonasi qurilish loyihasi bilan tanishdi. 

Loyiha qiymati 278 million yevroni tashkil etgan mazkur korxonaning ta’sischisi Buyuk Britaniyaning "Quality Trade Supplies L.P." kompaniyasi hisoblanadi. 

Umumiy yer maydoni 100 gektardan iborat bo‘lgan korxonaning qurilish ishlarini yigirma to‘rt oyda yakunlash rejalashtirilgan. Zavodga Italiya, Germaniya, Avstriya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan ilg‘or va zamonaviy uskunalar keltiriladi. Korxonada avtomobillarga kuzov ishlab chiqarish uchun metall listlar, qurilishda ishlatiladigan turli metall cherepitsalar, profnastil hamda maishiy texnikalar uchun metall listlar tayyorlanadi. Korxona to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, yiliga 500 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarilishi,  1000 dan ziyod ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. 

Prezidentimiz ushbu korxona qurilishi boshlanishi bilan tanishdi. Mazkur metallurgiya zavodining mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojidagi o‘rniga to‘xtalib, bu yerda ishlaydigan mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Pudratchi va quruvchilar bilan suhbatlashdi, ushbu mas’uliyatli ishda ularga muvaffaqiyatlar tiladi. 

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va sohaga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida mazkur korxona uchun mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan.  

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo