icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Bogʻiston koʻchasida 24 ta 9 qavatli uy quriladi

21.12.2018

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani Bogʻiston koʻchasida bunyod etiladigan koʻp qavatli uylarning qurilish maydonida boʻldi.

Bu yerda 24 ta 9 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. 900 xonadondan iborat boʻladigan bu uylar Turkiya texnologiyasi asosida quriladi va kelgusi yili foydalanishga topshiriladi.

Hozirda uylarning poydevori quyilgan. Ular zilzilaga bardoshli qilib quriladi. Nogironlar uchun ham qulayliklarga ega boʻladi. Isitish va sovitish tizimi har bir xonadonda mustaqil boshqariladi.

Davlatimiz rahbari bu uylar mustahkam va sifatli boʻlishi, poytaxtimizdagi eng namunali joylardan biriga aylanishi kerakligini taʼkidladi. 

Shu yerda Toshkent shahrida kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, kanallarni mukammal taʼmirlash va tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalar namoyish etildi.

Prezidentimiz poytaxtimizdagi kanallar atrofini obod saqlash, odamlar dam oladigan, bolalar choʻmiladigan soʻlim va xavfsiz hududlar tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo