icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident innovatsion klinikani koʻzdan kechirdi

21.12.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda.

Davlatimiz rahbari Mirzo Ulugʻbek tumanidagi DMC xususiy klinikasiga tashrif buyurdi.

Mazkur shifo maskanida oftalmologiya, neyrojarrohlik, plastik jarrohlik, kardiologiya, pediatriya, reabilitatsiya kabi oʻn beshdan ortiq ixtisoslik boʻyicha tashxislash va davolash yoʻlga qoʻyilgan. Bu jarayonga tibbiyoti rivojlangan davlatlarda qoʻllanilayotgan amaliyot va texnologiyalar joriy etilgan.

Xususan, klinika AQSH, Germaniya, Avstriya, Yaponiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Shifokorlar Germaniya, Avstriya, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiyadagi yetakchi tibbiyot markazlarida malaka oshirgan.

Bemorlar birinchi qavatda tashxisdan oʻtkazilib, mutaxassislar maslahatini oladi. Ikkinchi qavatda jarrohlik amaliyotlari bajariladi. Zarur hollarda yuqori qavatlarda yotib davolanadi.

Prezident innovatsion klinikadagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi, shifokorlar bilan suhbatlashdi. Kasalliklarni erta aniqlash va davolash, sifatga eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.

- Biz nima uchun tibbiyotda xususiy tarmoqqa sharoit yaratyapmiz? Raqobat boʻlishi kerak. Raqobat boʻlsa, sifatga intilish boʻladi, davolash, xizmat koʻrsatish yaxshilanadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Klinika koʻrish qobiliyatini tiklash boʻyicha yetakchi markazlardan biridir. Bu yerda koʻz toʻr pardasi kasalliklari va patologik holatlarni tashxislash imkonini beradigan “Topcon” tamograf-angiograf tekshiruvi, neyrofiziologik reabilitatsiya, kompyuterli bioboshqaruv kabi noyob davolash usullari qoʻllaniladi.

Prezidentimiz kompyuterli bioboshqaruv xonasida ham boʻlib, bu usul orqali medikamentlarsiz davolash, ruhiy va nutqiy nuqsoni bor bemorlarni sogʻlom hayotga qaytarish mumkinligiga eʼtibor qaratdi.

Shu yerda koʻz mikrojarrohligi boʻyicha oʻquv simuliyatsion markaz tashkil etish loyihasi taqdim qilindi. Davlatimiz rahbari loyihani maʼqullab, kadrlar malakasini oshirishga xizmat qiladigan bunday simuliyatsion markazlarni tibbiyotning boshqa yoʻnalishlari va mamlakatimizning boshqa hududlarida ham tashkil etish zarurligini taʼkidladi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo