icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Jaloliddin Manguberdi memorial bogʻi Xorazmning yana bir “tashrif qogʻozi” boʻladi

30.11.2018

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Urganch shahri markazida Jaloliddin Manguberdi memorial bogʻini barpo etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari 30 noyabr kuni Al-Xorazmiy va Pahlavon Mahmud koʻchalari kesishmasidagi ushbu maydonga tashrif buyurib, qurilish loyihalari bilan tanishdi.

Jaloliddin Manguberdi haykali buyuk bobomizning jasorati va shonu shavkatiga mos mahobatli boʻlishi, uning atrofidan nur taralib turishi kerakligini taʼkidladi.

- Bu maydonda tariximiz namoyon boʻlishi, u Xorazmning “tashrif qogʻozi”ga aylanishi kerak. Shuning uchun tarixchi olimlar bilan maslahatlashib, maydonni chuqur mazmunli, chiroyli, jozibali qilish zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz bogʻ hududini kengaytirish va obodonlashtirish, har bir elementda qadimiylikni aks ettirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

Shu yerda Urganch shahri markazini batafsil rejalashtirish, koʻp qavatli uy-joylar qurish, issiqlik va ichimlik suvi taʼminotini yaxshilashga doir loyihalar boʻyicha ham maʼlumot berildi.

Prezidentning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo