icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda

30.11.2018

Urganch shahrida 30-noyabr kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi ochildi.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari Xorazm viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha qator ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Joriy yilda viloyatda 312 ta investitsiya loyihasi bajarilib, yangi korxonalar ishga tushirilgan. Yil yakuni boʻyicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 16 foiz, eksport 22 foiz oʻsishi kutilmoqda.

100 ta davlat va xususiy maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etilib, bolalarni bogʻchalarga qamrab olish 33 foizga yetgan.

Xorazm uchun muhim boʻlgan elektr energiyasi va toza ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash boʻyicha ham muayyan ishlar qilindi. 254 kilometr elektr, 456 kilometr suv tarmoqlarida qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Prezidentimiz oʻtgan davrda yaratilgan ish oʻrinlari yetarli emasligi, viloyatda ishsizlik saqlanib qolayotganini taʼkidladi. Iqtisodiyot tarmoqlarini koʻpaytirish, yangi sanoat korxonalari tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish, qishloq xoʻjaligi, turizm va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali bandlik darajasini oshirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Sessiya kun tartibiga Xorazm viloyatiga hokim tayinlash masalasi kiritilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo