icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident raisligida Xavfsizlik kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda

28.11.2018

Qurolli Kuchlar akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonni rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha masalalar qatori harbiy qurilish sohasida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilganini taʼkidladi.

Xavfsizlik kengashining joriy yil 10-yanvarda boʻlib oʻtgan majlisida belgilab berilgan yoʻnalishlar hayotga tatbiq etildi. Qurolli Kuchlarni isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan 46 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

Oʻtgan qisqa vaqtda harbiy qismlarning tuzilmalari toʻliq yangilandi. Samarasiz va vazifalari boʻyicha bir-birini takrorlaydigan harbiy qismlar qisqartirildi. Natijada qoʻshinlarni saqlab turishga ketadigan xarajatlar kamaydi. Oziq-ovqat bilan taʼminlashda autsorsing tizimi joriy etildi. Bu harbiy boʻlinmalar jangovar tayyorgarligini oshirish, vaqt koʻrsatkichlarini ikki barobar qisqartirish imkonini berdi.

Mamlakatimiz armiyasi qurolli kuchlar qudrati boʻyicha dunyo reytingda bir yilda 9 pogʻonaga koʻtarilgani, Buyuk Britaniyada oʻtkazilgan nufuzli “Kembriy patruli” tanlovida harbiylarimiz 90 mamlakatdan ishtirok etgan 123 jamoa orasida birinchi oʻrinni egallagani bu boradagi ishlar toʻgʻriligini yaqqol isbotlaydi.

Armiya va xalq birligini taʼminlash maqsadida barcha hududlarda harbiy-maʼmuriy sektorlar tashkil etildi va ular samarali faoliyat yuritmoqda. Birinchi marta davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, viloyat hokimlari va ularning oʻrinbosarlari ishtirokida yigʻinlar oʻtkazildi.

Sohaga ixtisoslashgan korxonalarni birlashtiradigan Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari va soha faxriylarini ijtimoiy himoyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bugunga qadar harbiy xizmatchilarga 56 ta uy topshirildi. 1 ming 500 dan ortiq harbiylar uy-joy bilan taʼminlandi. Yana 74 ta uy qurilishi davom etmoqda.

Yigʻilishda mamlakatimiz harbiy qudratini yanada mustahkamlash, mudofaa sanoati va harbiy taʼlimni rivojlantirish, qurol-aslaha va harbiy texnikalarni modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali qoʻshinlarni boshqaruv tizimi takomillashtirish masalalari tahlil qilinmoqda.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo