icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Tashkent City – Prezident eʼtiboridagi loyiha

20.11.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Tashkent City xalqaro biznes markazi qurilishini yana bir bor koʻzdan kechirdi.

Bu yerda zamonaviy arxitektura yutuqlariga muvofiq loyihalar va davlatimiz rahbarining avvalgi tashriflari chogʻida berilgan koʻrsatmalar asosida jadal qurilish ketmoqda.

Biznes markazlar, mehmonxonalar, kongress-xol, ofislar, koʻp qavatli uylar, restoranlar va boshqa obyektlar yettita lotga ajratilgan holda bunyod etilmoqda.

Prezidentimiz besh yulduzli mehmonxonada quriladigan xonalar, zallar namunalari bilan tanishdi. Xonalarning har bir detaliga eʼtibor qaratib, ularning dizayni va qulayliklari boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Xonalar yorugʻ va bahavo boʻlishi, ularni bezashda odamlarning kayfiyatini koʻtaradigan, ochiq ranglardan foydalanish kerakligini taʼkidladi.

Mehmonxonaga tutash tarzda yana bir yirik inshoot – kongress-xoll qurilmoqda. Unda oliy darajadagi uchrashuvlar, xalqaro anjumanlar oʻtkazish uchun barcha sharoit yaratiladi. Eng soʻnggi texnika va texnologiyalar bilan jihozlanadi.

Shavkat Mirziyoyev kongress-xollni xalqaro standartlar asosida qurish, yirik delegatsiyalarni qabul qilish uchun zarur qulayliklar yaratish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Prezident Gardens Residence turar joy kompleksini ham borib koʻrdi. Namuna sifatida qurilgan 2 va 4 xonali uylarni koʻzdan kechirdi.

Sakkiz gektar maydonni egallaydigan ushbu kompleks toʻqqizta koʻp xonadonli uydan iborat boʻladi. Ularni loyihalashda barcha jihatlar inobatga olingan. Bolalar, ota-onalar, mehmonlar uchun alohida qulayliklar koʻzda tutilgan.

Davlatimiz rahbari xalqimiz mana shunday zamonaviy uylarda yashashga haqli ekani, Yevropa va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari standartlari asosida qurilgan bu uylar yurtdoshlarimizga berilishini taʼkidladi. Mazkur turar joylar xaridorlarga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar asosida taqdim etiladi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo