icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidentining Qozogʻiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

19.11.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot avvalida davlat rahbarlari qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Aloqalar barcha daraja va yoʻnalishlarda faollashgani koʻp qirrali Oʻzbekiston – Qozogʻiston hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Oʻzaro savdo hajmi ortib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, xususan, hududlar va ishbilarmon doiralar oʻrtasida kooperatsiya kengayib bormoqda. Joriy yil 15-noyabr kuni Chimkent shahrida ikki mamlakat chegaraoldi hududlari maʼmuriyatlari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirokida birinchi hududlararo hamkorlik forumi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili doirasida ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashuv dasturi sermazmun boʻlgani qayd etildi. Yil boshidan buyon jami 50 dan ortiq qoʻshma tadbir oʻtkazilgani buning tasdigʻidir.

Muloqot davomida davlat rahbarlari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasidagi hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar, jumladan, 2019-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ishlari xususida fikr almashildi.

Muloqot soʻngida davlat rahbarlari keng koʻlamli hamkorlikni bundan buyon ham faol rivojlantirish, qardosh Oʻzbekiston va Qozogʻiston xalqlari manfaatini, mintaqada barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash yoʻlida koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnilik va ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga intilishi qatʼiy ekanini taʼkidladilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo