O‘zbekiston Prezidentining hamdardlik maktubi
01.02.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kanada Bosh vaziri Pyer Jeyms Tryudoga Kvebek shahrida sodir etilgan terrochilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lganligi munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohat olganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.