icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qoraqalpogʻiston yalpi hududiy mahsulotida sanoatning ulushi 41 foizga yetdi

16.11.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Nukus shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Qoraqalpogʻiston iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Investitsiya muhiti yaxshilangani, zarur shart-sharoitlar yaratilgani natijasida keyingi ikki yilda Qoraqalpogʻiston yalpi hududiy mahsulotida sanoatning ulushi 36 foizdan 41 foizga oshgani qayd etildi.

Hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar samarasida ularning soni yil boshidagi 460 tadan 1 ming 480 nafarga koʻpaygani taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari koʻproq ish oʻrinlari yaratish, buning uchun yangi korxonalar tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

2019-2020-yillarda Qoraqalpogʻistonda sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish boʻyicha 1 ming 18 ta investitsiya loyihasi ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun 11 trillion soʻm, jumladan, 895 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

Masalan, kelgusi yili Qoraoʻzak tumanida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda yiliga 3,4 million tonna sement ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlanadi. Moʻynoq tumanida baliqni konservalash, Taxiatosh tumanida makkajoʻxorini qayta ishlash va qogʻoz ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo