icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
“Wunderkinds in Kungirad” bolalarni bagʻriga oldi

15.11.2018

Davlatimiz rahbarining maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratayotgan alohida eʼtibori natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham zamonaviy bolalar bogʻchalari bunyod etilmoqda.

Qoʻngʻirot tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan “Wunderkinds in Kungirad” maktabgacha taʼlim muassasasi shulardan biri.

Tumanda foydalanilmay turgan bino “nol” qiymatda olinib, “Oʻzsanoatqurilishbank”ning imtiyozli krediti evaziga zamonaviy taʼmirlandi. Bolalarni qiziqtiradigan, dunyoqarashini boyitadigan oʻyinchoqlar bilan jihozlandi.

Bogʻchaga 90 dan ziyod bola qamrab olingan. Ularning yaxshi taʼlim-tarbiya olishi, toʻgʻri ovqatlanishi, jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalarga rus, ingliz tillari interfaol usullar orqali oʻrgatiladi.

Farzandlarimizni bolaligidan sogʻlom, aqlli qilib tarbiyalasak, ertaga maktabga bilimli yoshlar keladi. Maktabni oʻquvchilar har tomonlama bilimli boʻlib bitirsa, institutlarimizga ilm-maʼrifatli, maʼnaviyatli yoshlar boradi, mamlakatimiz uchun yaxshi kadrlar yetishib chiqadi. Shuning uchun maktabgacha taʼlim doim diqqatimiz markazida boʻlishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz mutasaddi rahbarlar va bogʻcha xodimlariga tegishli tavsiyalar berdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo