icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yunusobodda “Business city” quriladi

26.10.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni ushbu zamonaviy ishbilarmonlik markazi loyihasi bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida «Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq taklif etilayotgan ushbu majmua Yunusobod tumanining 2-Otchopar mahallasidagi 45,5 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan. Unda savdo markazlari, biznes ofislar, koʻngilochar maskanlar, saylgohlar, turar joylar va boshqa obyektlar boʻlishi moʻljallangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, loyihaning qiymati 500 million dollar boʻlib, 2019-2023-yillarda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Prezidentimiz yangi ishbilarmonlik markazi qurilishida relyefdan oqilona foydalanish, dunyo shaharlari tajribasini oʻrganish zarurligini qayd etdi. Uni barpo etishga xorijiy investorlar, tajribali loyihachi va quruvchilarni jalb etish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Shu yerda Yunusobod tumanidagi koʻp qavatli uylarni boshqarish boʻyicha takliflar taqdimoti oʻtkazildi. Bu takliflar Rossiyaning Qozon shahri tajribasi asosida ishlab chiqilgan. U professional servis kompaniyalari tashkil etish orqali koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan.

Prezidentimiz tumanda ushbu tizimni joriy mavsumdayoq tatbiq etish, har bir koʻp qavatli uyning egasini topib, ularga imtiyozlar berish zarurligini taʼkidladi.

Innovatsion, ilmiy va tashkiliy ishlarni birlashtirib, baravar olib bormasak, bu soha eskicha holda qolaveradi. Kommunal xizmatlar xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirilmasa, sifat boʻlmaydi. Sifat boʻlmagandan keyin toʻlov ham barqaror boʻlmaydi. Bu sohada xizmatni, hisob-kitobni joyiga qoʻysak, vaziyat oʻzgaradi, odamlar rozi boʻladi, dedi davlatimiz rahbari.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo