
Rossiya Prezidentining davlat tashrifi yakunlandi
21.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 19-oktabr kuni Koʻksaroyda boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar natijasida 20 ta hujjat imzolandi.
Davlat rahbarlari norasmiy uchrashuv ham oʻtkazdi.
Prezident Vladimir Putin Rossiyaga joʻnab ketdi. Uni Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.