icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidentining Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

15.10.2018

15-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqot va uchrashuvlar qardosh xalqlarimizning koʻp asrlik doʻstligini, oʻzaro hurmat, qoʻllab-quvvatlash va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga, ikki tomonlama foydali hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun Osiyo-Tinch okeani teleradioeshittiruvchilar uyushmasi mukofoti sohibi boʻlgani bilan samimiy tabrikladi.

Joriy yil avgust oyida Avazada Turkmaniston Prezidenti raisligida muvaffaqiyatli oʻtkazilgan Xalqaro Orolni qutqarish jamgʻarmasi sammitining samarali natijalari yuqori baholandi. Ekologiya masalalari, jumladan, Orol halokati oqibatlarini bartaraf etish Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy tabrik uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama munosabatlar izchil mustahkamlanib borayotganini alohida taʼkidladi.

Savdo, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, energetika, samarali transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va boshqa sohalarda oʻzaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashuvlarni kengaytirish muhimligi qayd etildi. Xususan, joriy yil 14-oktabr kuni Termiz shahrida Turkmaniston ijodiy jamoalari ishtirokida konsert muvaffaqiyatli oʻtgani taʼkidlandi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot soʻngida davlat rahbarlari qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga intilishlari qatʼiy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo