icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti MDH davlatlari mudofaa idoralari rahbarlari bilan uchrashdi

12.10.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan MDHga aʼzo davlatlar mudofaa idoralari rahbarlarini qabul qildi.

Uchrashuvda Ozarbayjon mudofaa vaziri Z.Gasanov, Armaniston mudofaa vaziri D.Tonoyan, Belarus mudofaa vaziri A.Ravkov, Qozogʻiston mudofaa vaziri Ye.Еrmekbayev, Rossiya mudofaa vaziri S.Shoygu, Tojikiston mudofaa vaziri Sh.Mirzo, Qirgʻiziston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi R.Duyshenbiyev va MDH Mudofaa vazirlari kengashi kotibi Yu.Dashkin ishtirok etdi.

Prezidentimiz delegatsiyalar rahbarlarini qutlar ekan, MDH Mudofaa vazirlari kengashining majlisi ilk bor Toshkentda oʻtkazilayotgani mamlakatimizning Hamdoʻstlik faoliyatidagi ishtiroki yangi bosqichga koʻtarilganidan dalolat ekanini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Oʻtgan yili Oʻzbekiston Hamdoʻstlikning iqtisodiyot, energetika, fan va innovatsiyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarda hamkorlik boʻyicha 10 dan ortiq tarmoq organlariga qoʻshildi.

Uchrashuvda MDH doirasida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni, jumladan, idoralararo sheriklikni yanada kengaytirish, ikki va koʻp tomonlama tadbirlar oʻtkazish, professional harbiy kadrlarni tayyorlash masalalari koʻrib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosat, xususan, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

MDH mamlakatlari mudofaa idoralari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, oʻz davlat rahbarlarining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarini modernizatsiya qilish va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, shuningdek, mamlakatimizning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashga doir tashabbuslariga yuksak baho berildi.

Mudofaa idoralari oʻrtasida tomonlarni qiziqtirayotgan masalalar boʻyicha konstruktiv va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari MDH Mudofaa vazirlari kengashi majlisi ishiga muvaffaqiyat va samarali natijalar tiladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo