icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yilni muvaffaqiyatli yakunlash va barcha makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish – muhim vazifa

10.10.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018-yil 10-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari boʻyicha kutilayotgan natijalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Moliyaviy bozorning rivojlanishi iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning asosiy omili hisoblanadi.

Shu bois mamlakatimizda bu borada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Prezidentimizning 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni amalda boʻlgan valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishning mutlaqo yangi tizimiga asos boʻldi.

Hech shubhasiz aytish mumkinki, mazkur hujjatda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, investitsiya salohiyatining yuksalishiga, pirovardida, iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligining yanada yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda valyuta bozorining erkinlashtirilishi – iqtisodiyotda likvidlilik darajasi oshishiga hamda boʻsh pul mablagʻlarining muhim investitsiya va infratuzilma loyihalariga jalb etilishini taqozo qiladi.

Oʻz navbatida, kapital bozorini rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, banklar va sugʻurta kompaniyalarining boʻsh mablagʻlarini muhim loyihalarga jalb qilish ham yaxshi samara beradi. Bu borada yangi islohotlarni amalga oshirish davlat byudjeti xarajatlarini bir maromda moliyalashtirish uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Yigʻilishda “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturining joylardagi ijrosi boʻyicha mutasaddi rahbarlar hisoboti eshitildi.

Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tijorat banklari va sugʻurta kompaniyalarining boʻsh mablagʻlarini muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish maqsadida qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish, shuningdek, joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlash va barcha prognoz qilingan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo