Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning uchrashuvi boshlandi
09.10.2018
Yelisey saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.
Muzokarada Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Davlat rahbarlarining muzokaralari davom etmoqda.