icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

05.10.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar oliy darajadagi muntazamlik kasb etgan uchrashuv va muloqotlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlari va xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Joriy yil 17-18-avgust kunlari Tojikiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida oʻtkazilgan samarali muzokaralar, ularning yakuni boʻyicha erishilgan kelishuv va imzolangan ikki tomonlama hujjatlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27-28-sentabr kunlari MDH Davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Dushanbega amaliy tashrifi doirasida oʻtkazilgan uchrashuv va muzokaralar natijakorligi qayd etildi.

Bugungi kunda savdo-iqtisodiy aloqalar faol rivojlanib bormoqda. Oʻzaro savdo hajmi ortib, turli tarmoqlarda kooperatsiya, transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalar rivojlanmoqda, hududlar oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari mustahkamlanib, madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Tomonlar ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida hamkorlikni rivojlantirish va erishilgan kelishuvlar ijrosini toʻliq taʼminlashda muntazam amaliy aloqalar muhimligini qayd etdi.

Muloqot soʻnggida davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik rishtalari, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan koʻp qirrali oʻzaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish borasida intilishlari qatʼiy ekanini taʼkidladilar. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo