Oʻzbekiston Prezidenti Hindiston Vitse-prezidentini qabul qildi
01.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Dehli shahrida oʻzi uchun ajratilgan qarorgohda Hindiston Respublikasi Vitse-prezidenti, senat raisi Venkaya Nayduni qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz aloqalarini rivojlantirishning turli jihatlari, oʻzaro hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalariga eʼtibor qaratildi.