icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Toj Mahal - oʻzbek va hind xalqlari uchun birdek qadrli obida

30.09.2018

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga 30-sentabr kuni Agradagi Toj Mahal majmuasiga tashrif buyurdi.

Prezidentimiz Hindistonga davlat tashrifini ushbu tarixiy obidadan boshlagani bejiz emas. Boburiylar merosi boʻlgan ushbu yodgorlik oʻzbek va hind xalqlarining tarixi mushtarakligi, ikki mamlakat aloqalari mustahkam asosga ega ekani ifodasidir.

Maʼlumki, Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari Hindistonda ulkan maqbaralar, qalʼalar, shaharlar bunyod etgan. Savdo, ilm-fan, madaniyat, memorchilikni rivojlantirgan. Toj Mahalni ham Bobur bobomizning avlodi Shoh Jahon qurdirgan.

Uning memoriy yechimi shunchalik murakkab va noyob boʻlganki, minglab quruvchilar tomonidan 20 yildan ziyod vaqt davomida barpo etilgan. Maqbara va minoralarning hamma joyi oq marmar bilan qoplangan. Yodgorlik yurtimizdagidek naqshlar va Qurʼon suralari bilan bezatilgan.

Toj Mahal dunyoning yetti moʻjizasidan biri sanaladi. 1983-yilda YUNЕSKOning jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Bu tarixiy obida hamon goʻzalligi va muhtashamligi bilan butun dunyo sayyohlarini oʻziga jalb etadi. Bu yerga har yili qariyb 5 million turist keladi. Toj mahal Hindistonning turizm salohiyati, ayniqsa, agraliklar hayotida muhim oʻrin tutadi.

Maqbara ziyorati chogʻida Qurʼon tilovat qilindi.

Hindistonlik rasmiylar bilan muloqotda Prezidentimiz Oʻzbekistonda ham qadimiy obidalar, muqaddas ziyoratgohlar koʻpligi, ikki mamlakat oʻrtasida sayyohlar bordi-keldisini kengaytirish zarurligini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Davlatimiz rahbari Nyu-Dehli shahriga joʻnab ketdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo