Prezidentning Tojikistonga tashrifi yakunlandi
28.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi.
Davlatimiz rahbari 27-sentabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Prezidentlar Dushanbe va Tursunzoda shaharlarida qator obyektlarga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev 28-sentabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Toshkentga joʻnab ketdi. Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda kuzatib qoʻydi.