icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Dushanbe shahrida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochildi

27.09.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon Dushanbe shahrida tashkil etilgan Nizomiddin Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻiga tashrif buyurdi.

Mazkur park Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan. Farmoyishda tojik va oʻzbek xalqlarining doʻstligi ramzi sifatida bogʻ markaziga Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Nizomiddin Alisher Navoiy haykali oʻrnatilishi belgilangan. Haykal loyihasini yaratish boʻyicha tanlov oʻtkazilgan.

Davlatimiz rahbarining tashrifi arafasida parkka buyuk mutafakkir shoirlar haykali oʻrnatildi. 27-sentabr kuni bu yerga davlat va hukumat vakillari, adiblar, yoshlar jam boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mazkur istirohat bogʻi va haykalni tantanali ravishda ochdi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qoʻydi.

Tojikistonda shunday bogʻ va yodgorlik majmuasi ochilishini bu borada mamlakatimizda qilinayotgan ishlarning mantiqiy davomi deyish mumkin. Maʼlumki, joriy yil 7 mart kuni Samarqand shahrining Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻida Navoiy va Jomiy haykali oʻrnatilgan edi. Yana bir eʼtiborli jihati, bu park yonidagi koʻcha ham Abdurahmon Jomiy nomi bilan atalgan, Navoiy bogʻi boshqa bir fors-tojik shoiri Abu Abdullo Rudakiy maydoni bilan tutashib ketgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo