
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon oʻzaro muloqot qildi
27.09.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 27-sentabr kuni Dushanbe shahrida uchrashuv oʻtkazdi.
Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tashrifi bilan qutladi. Tojikiston Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi natijalari yuqori baholandi. Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.