Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga keldi
27.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Emomali Rahmonning taklifiga binoan 27-sentabr kuni Tojikistonga tashrif buyurdi.
Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti kutib oldi.
Tashrif doirasida bugun Dushanbe va Tursunzoda shaharlarida qator ikki tomonlama tadbirlar oʻtkaziladi. Prezidentimiz ertaga Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.