Misr Prezidenti Toshkentga keldi
04.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4-sentabr kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy maratabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Oʻzbekiston va Misr Prezidentlarining asosiy muzokaralari ertaga Koʻksaroyda boʻlib oʻtadi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, taʼlim, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralar yakuni boʻyicha davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti va qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.