Shavkat Mirziyoyev ehson tadbirida ishtirok etdi
02.09.2018
Poytaxtimizdagi “Navroʻz” marosimlar uyida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bagʻishlab ehson dasturxoni yozildi.
Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Qurʼon tilovat qilindi. Tadbirda vazirlik va idoralar, diplomatik korpus vakillari, nuroniylar qatnashdi.