icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qirgʻiziston Prezidenti davlatimiz rahbarini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

31.08.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Mamlakatingizning asosiy bayrami – Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan eng samimiy tilaklarimni qabul qilgaysiz.

Oʻzbekiston haqli ravishda muvaffaqiyatli rivojlanayotgan koʻp millatli demokratik huquqiy davlat hisoblanadi, xalqaro maydonda katta obroʻ-eʼtiborga ega. Mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalarni hal etishga muhim hissa qoʻshmoqda.

Qardosh mamlakatlarimiz 2017 yilda erishgan siyosiy hamkorlik darajasi barcha sohalardagi oʻzaro aloqalarni faol rivojlantirishga xizmat qilib, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikning yuksak namunasi boʻldi.

Savdo-iqtisodiy sheriklik ikki tomonlama hamkorlikning alohida eʼtibor talab qiladigan muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda. Mamlakatlarimiz chegaraoldi hududlari oʻrtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilgani hamda fuqarolarimiz davlatlarimiz gʻamxoʻrligining amaliy natijalarini oʻz hayotida sezayotgani quvonarlidir.

Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va masʼuliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilayman.

Hurmat bilan,

                                                                                                    Sooronbay Jeenbekov,
                                                                                        Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo