icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Janubiy Koreya Prezidenti Oʻzbekiston Prezidentiga tabrik yoʻlladi

30.08.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident janoblari!

Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi bilan samimiy muborakbod etishga ijozat bergaysiz.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy taraqqiyot sohalarida yuksak eʼtirofga sazovor ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritdi.

Siz, Janobi Oliylari rahbarligida amalga oshirilayotgan va salmoqli natijalar berayotgan islohotlar siyosati alohida tahsinga munosib.

Sizning rahbarligingizda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz taraqqiyotida yangi va yanada yuksak marralarga erishishiga ishonchim komil.

Mamlakatlarimiz 1992 yilda diplomatik munosabatlar oʻrnatganidan buyon ishonch va doʻstlik tamoyillari asosida oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirayotganidan hursandman. Siz, Prezident janoblari bilan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun oʻzaro maqbul muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasida tashrif bilan boʻlishga umid qilaman.

Prezident janoblari, Sizga mustahkam sogʻlik va ulkan muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston Respublikasiga yanada ravnaq tilayman.

Hurmat bilan,

                                                                                                                    Mun Chje In,
                                                                                                    Koreya Respublikasi Prezidenti

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo