icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Joriy yilda Toshkent viloyatida 62 ta koʻp qavatli uy quriladi

29.08.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahridagi “Mustaqillikning 27 yilligi” mavzesida barpo etilayotgan koʻp qavatli uylarni koʻzdan kechirdi.

Bekobodda 90 mingdan ziyod aholi yashaydi. Aholining uy-joyga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida shaharda beshta yetti qavatli uy qurib bitkazilmoqda. Davlatimiz rahbari taklifi bilan “Mustaqillikning 27 yilligi” deb nomlangan mazkur yangi mavzeda odamlar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Uylarni qurishda eng zamonaviy materiallardan foydalanilmoqda, xonadonlarga energiyatejamkor isitish qozonlari oʻrnatilmoqda.

Prezidentimiz shu yerda shahar aholisi bilan muloqot qildi. Oʻzbekiston metallurgiya kombinatida va Bekobod shahrida yangi korxonalar ishga tushirilib, koʻplab ish oʻrinlari yaratilgani, qurilayotgan uy-joylar va ijtimoiy obyektlar odamlar turmush darajasini oshirgani taʼkidlandi. Davlatimiz rahbari joriy yilda Olmaliq, Yangiyoʻl, Bekobod, Nurafshon shaharlarida 2604 xonadondan iborat 62 koʻp qavatli uy foydalanishga topshirilishini maʼlum qildi.

Shu yerda Ohangaron shahridagi Amir Temur koʻchasini rekonstruksiya qilish, Yuqorichirchiq, Oʻrtachirchiq va Ohangaron tumanlarida namunaviy uylar qurish, viloyatda ichimlik suv tizimini yaxshilashga qaratilgan loyihalar taqdimotlari oʻtkazildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo