icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston metallurgiya kombinatida yirik ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi

29.08.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni Bekobod shahriga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari oʻtgan yili 18-avgust kuni “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga kelib, uning ishlab chiqarish quvvati va moliyaviy-iqtisodiy holatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlarini belgilab bergan edi. Bugun ular bosqichma-bosqich amalga oshirilib, kutilgan natijalarni bermoqda.

2018-yil 29-avgust kuni kombinatdagi koʻplab investitsiya loyihalaridan biri - ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexini ishga tushirish marosimi boʻldi. Tadbirda korxona ishchilari, soha mutasaddilari, xorijlik investorlar ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev loyiha qiymati 60 million dollar boʻlgan, zamonaviy, energiya tejovchi va ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlangan yangi ferroqotishmalar sexini tantanali ravishda ishga tushirdi.

Ushbu yangi sex Janubiy Koreyaning “Posco Daewoo” kompaniyasi ishtirokida qurilgan boʻlib, jami 25 ming tonna ferrosilitsiy va ferrosilikomarganes qotishmalari ishlab chiqaradi. Bu metall mahsulotlar tayyorlaydigan tarmoqlar talabini toʻliq qondirish bilan birga, yiliga oʻrtacha 8 ming tonna ferroqotishmani eksport qilish va 12 million dollar miqdoridagi valyuta tushumini taʼminlash, importni qisqartirish imkoniyatini yaratadi.

Ushbu yangi sexga oʻquv yurtlarini bitirayotgan va zamonaviy texnologiyalarni chuqur oʻzlashtirgan 330 nafar yigit-qiz ishga qabul qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev yangi sexning texnologik jarayonini koʻzdan kechirdi. Janubiy koreyalik hamkorlar bilan suhbatlashdi. “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining investitsiya dasturiga oid taqdimotlar bilan tanishdi.

Kombinat rahbariyati va mutasaddilarga yangi investitsiya loyihalarini bajarish hisobiga bunday korxonalarni koʻpaytirish, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratib, aholi bandligi darajasini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo