icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

28.08.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari!

Sizni va Oʻzbekiston xalqini katta mamnuniyat ila Mustaqillik kuni bilan tabriklayman. Amerika Qoʻshma Shtatlari mamlakatingiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining qatʼiy tarafdori boʻlib qoladi va biz mamlakatingiz mustaqilligining 27-yilligini erkin va jadal rivojlanayotgan davlat sifatida nishonlayotganingizdan xursandmiz.

Oʻtgan 27-yil mobaynida bizning munosabatlarimiz izchil rivojlandi va shu yil may oyida Sizning Oq uyga tarixiy tashrifingiz uning yuksak bosqichi boʻldi. Men Siz bilan uchrashganimdan, mintaqadagi umumiy tahdidlarni hal qilish uchun strategik sherikligimizga yangi surʼat baxsh etish imkoniyatidan mamnun boʻldim. Shuningdek, Sizni siyosat, iqtisodiyot va inson huquqlari sohalarida amalga oshirayotgan, Oʻzbekiston xalqining ravnaqi va farovonligi hamda tinch taraqqiyot orqali gullab-yashnashi uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladigan keng koʻlamli islohotlaringiz bilan qutlayman.

1-sentabr ayyomida biz sheriklikda oʻtgan yillarimizga minnatdorlik bilan nazar tashlaymiz hamda istiqbolda yuzaga keladigan yangi imkoniyatlarni orziqib kutamiz. Amerika xalqi nomidan demokratik Oʻzbekistonning barqaror gullab-yashnashi yoʻlida birgalikdagi ishlarimizni davom ettiramiz, deb Amerika Qoʻshma Shtatlarining bu boradagi samimiy tilaklarini bildiraman.

Hurmat bilan,

                                                                                                                               Donald J.Tramp,
                                                                                                              Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo