24.01.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mamlakatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda turli millat va elat vakillari o‘rtasida hukm surayotgan o‘zaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini asrash, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
Bazarbayeva Nurkul Alimbayevna – Navoiy viloyati Konimex tumani qoraqalpoq milliy madaniy markazi faoli, Konimex tumanidagi «Jas tulek» ansambli badiiy rahbari
Mironov Sergey Aleksandrovich – Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktorining o‘rinbosari
Yurtimizda bag‘rikenglik, tinchliksevarlik va insonparvarlik muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarning o‘ziga xosligini saqlash va rivojlantirish, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
Muhammadiyev Nasriddin – Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori
Abayev Arazmuxammet Allabayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi turkman milliy madaniy markazi faoli, To‘rtko‘l tumani «Mekan» gazetasi bosh muharriri
Aliyeva Kaykep Miriyevna – Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazining «Ozarbayjon qizlari» ansambli badiiy rahbari
Gataullina Anisya Adixamovna – Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani tatar milliy madaniy markazi raisi
Golubsova Faina Semenovna – Sirdaryo viloyati rus milliy madaniy markazi raisi
Izyumov Po‘latbek Allamovich – Xorazm viloyati qozoq milliy madaniy markazi raisi
Karimov Baxtiyor Rahmonovich – Respublika baynalmilal madaniyat markazi faoli, Toshkent davlat texnika universitetining «Falsafa va milliy g‘oya» kafedrasi professori
Kim Oleg Antonovich – Jizzax viloyati koreys milliy madaniy markazi raisi
Mamataliyeva Umutxon Ixvolovna – Andijon viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazi faoli, Jalaquduq tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
Ergashev Abdurasul – Qashqadaryo viloyati tojik milliy madaniy markazi raisi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining «Avtomatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi professori
Abduraxmanov Semen Pinxasovich – Farg‘ona viloyati yahudiy milliy madaniy markazi raisi
Dovidaytis Lidiya Grigorevna – Toshkent shahar litva milliy madaniy markazi raisi
Kayzer Natalya Filippovna – Samarqand viloyati nemis milliy madaniy markazi raisi, Samarqand yengil sanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi
Kanayev Dinislom Akimbayevich – Toshkent viloyati qozoq milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari
Mironets Olga Artemovna – Nukus shahridagi «Slavutich» ukrain milliy madaniy markazi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi laboratoriya mudiri
Muradov Anvar Mahmudovich – Namangan viloyati tojik milliy madaniy markazi faoli, «Ovozi tojik» gazetasining Namangan viloyati bo‘yicha muxbiri
Panjiyev Niyozmuhammad Ro‘zimuhammedovich – Qashqadaryo viloyati arab milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari, Mirishkor tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
Saakov Georgiy Ashotovich – Respublika arman milliy madaniy markazi faoli, «Depi Apaga» jurnali bosh muharriri
Xalibayeva Nortoji Toshtonovna – Farg‘ona viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazining «Suluv qiz» ansambli badiiy rahbari, Farg‘ona tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
Shayqulov Qurbonmurod Choriyorqulovich – Surxondaryo viloyati turkman milliy madaniy markazi faoli, Uzun tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
Shubnikova Nina Afanasevna – Toshkent shahar «Svitanak» belorus milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari
Shukurov Juma Kotibovich – Buxoro viloyati turk milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari, Buxoro shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Toshkent shahri, 2017-yil 24-yanvar