icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentlar tor doirada uchrashuv oʻtkazdi

24.08.2018

Turkmanboshi shahridagi “Avaza” sayyohlik zonasida Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari majlisi boshlandi.

Avval tor doirada uchrashuv boʻldi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov ishtirok etdi.

Majlisda Orol muammosi, hududdagi ekologik holatni yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.

Keyingi yillarda mamlakatimiz Orolboʻyi hududida qator keng miqyosli loyihalarni amalga oshirdi. Orol dengizi qurigan 350 ming gektar maydonga saksovul va shoʻrga chidamli oʻsimliklar ekilib, butazorlar barpo etildi. Bunday hududlarning umumiy maydoni qariyb 700 ming gektarga yetdi.

Orol halokati oqibatlarini yumshatish va Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha 2013-2017-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida 500 dan ortiq loyiha amalga oshirildi. Ularning yarmidan koʻpi milliy loyihalardir.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 18-yanvardagi qaroriga muvofiq 2017-2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi tuzildi va unga 200 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirildi.

Bu mablagʻlar hisobidan aniq amaliy ishlar qilinmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv taʼminoti, turmush sharoiti yaxshilanmoqda.

Uchrashuvda Orol muammosi oqibatlarini yushatish, suvni tejash va hududdagi ekologik holatni yaxshilash, Markaziy Osiyo mamlakatlarining bu boradagi saʼy-harakatlarini birlashtirish masalalari muhokama qilindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo
image