Prezident Turkmanistonga joʻnab ketdi
24.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 24-avgust kuni Turkmanboshi shahriga joʻnab ketdi.
Davlatimiz rahbari u yerda Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.