icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev “Samarkand city” qurilishiga doir loyihalar bilan tanishdi

18.08.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Samarqandda shahar infratuzilmasini rivojlantirishga doir loyihalar bilan tanishdi.

Maʼlumki, Amir Temur koʻchasining ikki yonida qariyb 14 gektar maydonda “Samarkand city” bunyod etish rejalashtirilgan. 2017-2020-yillarga moʻljallangan tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Samarqandning turistik salohiyatini zamon talablari darajasiga koʻtarishga qaratilgan. Bugungi kunda xorijlik investorlar jalb etilib, bir nechta shartnoma va bitimlar imzolangan.

Samarqandning hozirgi sayyohlik salohiyati tarixiy qadamjolar hisobiga. “Samarkand city” zamonaviy turizm markazi boʻladi. Dunyoda nimaiki xizmat turlari boʻlsa, bu yerda muxayyo boʻlishi kerak. Bu yerdagi inshoot va koʻngilochar maskanlar muntazam ishlashi, xarajatni oqlab, daromad keltirishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz Samarqand shahri Bosh rejasini xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda loyihalashtirish, katta mehmonxonalar bilan birga sayyohlar uchun kichik-kichik otellar ham bunyod etish zarurligini taʼkidladi.

Samarqandda yoʻllar, binolar, transport infratuzilmasi, oʻrindiqlargacha - hamma-hammasi chuqur oʻylanishi, insonlar uchun qulay boʻlishi lozim, dedi davlatimiz rahbari.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo