Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afrosiyob muzeyida boʻldi
18.08.2018
Afrosiyob moʻgʻullar istilosigacha gullab-yashnagan qadimiy qalʼadir. Muzeyda ushbu shaharning miloddan avvalgi birinchi ming yillikning oʻrtalaridan XIII-asrning boshlarigacha boʻlgan tarixini yorituvchi eksponatlar namoyish etilgan.
Emomali Rahmonga Afrosiyob qalʼasi va muzeydagi eksponatlar tarixi, Samarqandning qadimiy oʻtmishi haqida maʼlumot berildi.