icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbek va tojik xalqlarining “Doʻstlik oqshomi”

17.08.2018

“Oʻzbekiston” anjumanlar saroyida Oʻzbekiston va Tojikiston sanʼat ustalari ishtirokida “Doʻstlik oqshomi” nomli konsert boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari oʻzbek va tojik xalqlari azaldan yonma-yon yashagani, qiyinchiliklarni birgalikda yengib oʻtganini taʼkidladi.

“Oʻzbek va tojik xalqlari bir daraxtning ikki shoxi, bir daryoning ikki irmogʻiga oʻxshaydi. Bizning muqaddas dinimiz, yerimiz va suvimiz bir. Quvonchu tashvishlarimiz, taqdirimiz mushtarak. Ajdodlarimizning ezgu anʼanalarini davom ettirib, xalqlarimiz doʻstligini mustahkamlashimiz va asrab-avaylashimiz kerak”, deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni oʻqib eshittirildi. Emomali Rahmonga davlatimizning “El-yurt hurmati” ordeni topshirildi.

Keyingi yillarda faollashgan madaniy-gumanitar aloqalar xalqlarimizni yanada yaqinlashtirmoqda. Doʻstlik delegatsiyalari tashrifi va ijodiy safarlar uyushtirilib, madaniyat kunlari, konsertlar, koʻrgazmalar, anjumanlar oʻtkazilmoqda.

“Doʻstlik oqshomi” tobora mustahkamlanib borayotgan Oʻzbekiston va Tojikiston hamkorligi, xalqlarimiz doʻstligining yana bir ifodasi boʻldi.

Tojikiston Prezidenti ertaga, 18-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov va Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvlar oʻtkazadi, Samarqand shahrini ziyorat qiladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo